21:59 / 29.07.2017
9591

Zimbabvening 93 yoshli prezidenti hali lavozimidan ketish niyatida emasligini aytdi

Zimbabvening 93 yoshli prezidenti Robert Mugabe o‘z lavozimidan ketmasligini va o‘lmayotganini aytdi. U bu haqda Chinxoyi shahridagi o‘n minglab tarafdorlari oldidagi nutqida aytib o‘tdi.

Mugabe uning o‘rnini egallaydigan biror odam borligini bilmasligini aytgan. U shifokorlar uning “kuchli suyagidan” ajablanishganini qo‘shimcha qilgan.  

Mugabe Zimbabveni 1980 yildan beri boshqarib keladi va ayni vaqtda shifokorlar uning salomatligi ortidan sinchkov kuzatib bormoqdalar. 

Avvalroq Mugabe vakili uning yig‘ilishlarda ko‘zi yumuq holda bo‘lishiga tushuntirish bergandi. Uning aytishicha, Mugabe yig‘ilishlar vaqtida uxlamaydi, balki shu tariqa ko‘zini himoya qiladi.

Mavzuga oid
Top