08:00 / 30.07.2017
6680

Marokash qiroli namoyishlar vaqtida hibsga olingan mingdan ko‘proq odamni afv etdi

Marokash qiroli Muhammad VI mamlakat shimolidagi norozilik namoyishlarida ishtirok etgani uchun hibsga olingan deyarli 1200 kishini afv etdi. Bu haqda “Frans Press” axborot agentiligi xabar bermoqda

Mamlakat adliya vazirligida aytilishicha, afv etilganlardan bir qismi Al-Husaym shahri va uning okruglaridagi namoyishlarda ishtirok etishgan. Qirol “jinoyat sodir etmaganlar va jiddiy voqealarga aralashmaganlarni” afv etgan. Al-Husaymdagi notinch vaziyat o‘tgan yil oktabrda mahalliy baliqchi politsiya tomondan musodara qilingan baliqni chiqindi tashuvchi mashinadan olmoqchi bo‘lganda u tomondan bosib ketilgandan keyin bshlangan. Baliqchining o‘limi «korrupsiya va adolatsizlikka qarshi” bir qator namoyishlarni keltirib chiqargan. 

Mavzuga oid
Top