21:20 / 30.07.2017
60763

Sergelida yosh qizni pichoqlagan shaxs qo‘lga olindi

27 iyul kuni Toshkent shahri Sergeli tumanidagi «Rixsivoy» kafesi oldida mast holatda notanish qizni pichoqlagan shaxs qo‘lga olindi.

Toshkent IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, fuqaro Lyudmila Petrovna Mironovaning ko‘krak qafasi chap tarafiga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazgan shaxs ushlangan.

Rixsivoy Erkinovich Xamidxodjayevga Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (bezorilik, ya'ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, kishining sog‘ligi uchun shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsani qo‘llab, tan jarohati yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sergeli tumanida noma'lum kimsa yosh qizni pichoqladi

27 iyulda Toshkent shahri Sergeli tumani Sergeli-1 mavzesidagi kafelardan birida noma'lum kimsa yosh qizni pichoqlab qo‘ygandi.

Guvohlarga ko‘ra, qiz kafeda do‘stlari bilan o‘tirgan vaqtda mast erkak unga tegajog‘lik qilgan. Bunga javoban qiz mast kishining yuziga suv sepib yuborgan. Shu bilan janjal kelib chiqqan. 

Guvohlarning aksariyati erkak kishi o‘zini juda g‘azab bilan tutganini, stullarni otib, fin pichog‘ini o‘ynatganini ma'lum qildi. Keyinroq u qizga hujum qilib, uni yaralagan va voqea joyidan juftakni rostlagan.

Jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Top