08:02 / 31.07.2017
3554

AQSh Venesuelaga nisbatan sanksiyalar kiritmoqchi

AQSh Venesuelaning neft sektori hamda mamlakatning qator amaldorlariga nisbatan sanksiyalar kiritish niyatida. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, sanksiyalar milliy ta'sis yig‘ilishi uchun saylovlarga javob chorasi bo‘ladi.

30 iyul kuni Venesuela hududida ta'sis yig‘ilishiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Nomzodlar orasida Venesuela muxolifatidan bironta ham vakil yo‘q.

Ma'lumot uchun, ta'sis yig‘ilishi (boshqacha nomi – konstitutsiyaviy assambleya) – yangi siyosiy institut bo‘lib, u Venesuela konstitutsiyasini o‘zgartirishga imkon yaratib beradi.

Avvalroq Venesueladagi norozilik namoyishlarida 13 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top