17:42 / 31.07.2017
4108

Britaniya va YeI o‘rtasida fuqarolarning erkin harakatlanishi qachon to‘xtashi ma'lum qilindi

Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi o‘rtasida fuqarolarning erkin harakatlanishi 2019 yilning martida, Brexit’dan so‘ng to‘xtaydi. Bu haqda Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning vakili xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda Reuters.

«Erkin harakatlanish 2019 yilning martida yakuniga yetadi», - degan Meyning vakili. Uning qo‘shimcha qilishicha, hukumat ba'zi batafsil jihatlarni ma'lum qilgan, hamda immigratsiya tizimi bilan bog‘liq boshqa o‘zgarishlar haqida o‘z vaqtida ma'lumot beradi.

Avvalroq Britaniya va YeI o‘rtasida ishchi kuchining erkin harakatlanishi Brexit’dan so‘ng tugashi xabar qilingandi.

 

Mavzuga oid
Top