14:02 / 31.07.2017
14950

Davlat sport qo‘mitasi tuzilmasi o‘zgardi

Davlat sport qo‘mitasi tuzilmasi o‘zgardi. Bu Prezidentning 2017 yil 29 iyuldagi qaroridan kelib chiqadi, deb yozmoqda Norma.uz.

Xususan, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida  rais o‘rinbosari, O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimi tugatildi.

Jamg‘arma ijro etuvchi apparatining joriy faoliyatiga  Davlat sport qo‘mitasi raisi taqdimiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ijro etuvchi direktor rahbarlik qiladi.

Mavzuga oid
Top