08:46 / 31.07.2017
24761

Dunyoning birdaniga ikki nuqtasida kuchli zilzila yuz berdi

Yangi Zelandiya yaqinida 5,6 magnitudali yer silkinishi yuz berdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda. 

Ta'kidlanishicha, zilzila markazi Raul orolidan 123 kilometr shimoli-sharqda bo‘lgan. Yer silkinishi “juda kuchli” deb baholandi.

Bundan tashqari, Rossiyaning Kuril orollaridan sharqda ham 5,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatgan.

Yer silkinishi markazi Kurilsk shahridan 262 kilometr masofadagi Iturup oroli sharqida bo‘lgan. Zilzila markazi yer tubidan 86 kilometr masofada joylashgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot hozircha yo‘q.

Top