10:46 / 31.07.2017
42674

Eksport sohasida katta o‘zgarish

Eksport sohasida katta o‘zgarish. UzAgro mahalliy fermerlar va qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlab chiqaruvchilar uchun jahon bozorlariga eshik ochib bermoqda.

Ma'lumki, istalgan mahsulotning yaxshi sotilishi muvaffaqiyati uning ommabop brend assortimentida paydo bo‘lishidadir.

Kuchli brendlar jahondagi barcha bozorda katta ta'sirga ega. Brendni yaratish bu murakkab ish. Bunda o‘z mahsulotingiz qanday nom ostida taqdim etilishidan tortib, xodimlaringizdagi korporativ madaniyatga qadar o‘ylab ko‘rish lozim. Bularning bari jiddiy tahlilni talab qiladi. Bu sohadagi xatolar falokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, ulardan eng yengili esa – moliyaviy zarar bo‘ladi.

Biroq mahsulotni brendni tashkil etmay ilgari surish qimmatroq hamda ko‘p vaqtni talab etadi. Noyob, boshqalarga o‘xshamaydigan mahsulotlar kundan-kun kamayib bormoqda. Ko‘plab bozorlar juda ham katta tezlik bilan rivojlanib bormoqdaki, hattoki ekslyuziv innovatsion taklif ham bugun muvaffaqiyatli taqdim etilgan bo‘lsa, bir oydan so‘ng shunga o‘xshash juda ko‘p nusxalar paydo bo‘ladi. Raqobat esa juda ko‘plab yo‘nalishlarda keskinlashmoqda.

Bunday holatda oddiy oziq-ovqat pozitsiyalaridan nima kutish mumkin? Har kuni istalgan inson do‘kon yoki bozorda tanlov oldida qoladi – nimani iste'mol qilish, nimani kiyish, nimada yurish, qayerda yashash va h.k. Aksariyat hollarda taniqli brendlar mahsulotini tanlaymiz, sababi ular ijobiy obro‘ga ega.

"O‘zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi rahbariyati jahon iqtisodiyotidagi vaziyatni hamda dunyoning ko‘plab bozorlaridagi holatni yaxshi tushunib, an'anaviy o‘zbek tovarlari, xususan, yangi va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat sanoati mahsuloti xalqaro bozorda UzAgro kuchli, barqaror brendi ostida yaxshi o‘rinni egallashi haqida ma'lum qilmoqda. 

UzAgro dunyoning istalgan nuqtasida sheriklar uchun taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlarning yuqori sifati kafolatchisidir. 

"O‘zbek mahsulotini yagona brend ostida samarali va yaxshi o‘ylangan holda ilgari surish orqali biz qisqa muddatga yuqori natijani qo‘lga kiritamiz. Har bir davlatdagi xaridorlar UzAgro nomini ko‘rib, ular ekologik toza, yuqori sifatli, raqobatchilarni ko‘plab biologik xarakteristika va ta'm jihatidan ortda qoldiruvchi mahsulotni xarid qilishlarini tushunishadi, - deydi "O‘zbekoziqovqatxolding" XK boshqaruv raisi Tohirjon Jalilov. – UzAgro o‘zbek eksportchilari uchun birlashtiruvchi kuch bo‘ladi. Birgalikda biz birinchi bo‘lamiz".

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotini UzAgro brendi ostida sotish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

"UzAgro bizning eksportchilarga ko‘plab vazifalarni hal qilishda ko‘mak beradi. Bo‘lajak hosilni ekish chog‘ida biz hajmlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha maslahat beramiz, bunda jahon bozoridagi talab inobatga olinadi. Saqlash va yuk tashuvi bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirish bilan yordam beramiz. Huquqiy ko‘mak ko‘rsatamiz. Ishonchli sheriklarni topamiz", - deya davom etadi Jalilov.

Brendni rivojining strategik jihatdan rejalashtirish hozirgi kunda o‘zbek eksportchilariga biroz ziyon ko‘rsatayotgan xarajatlarni – turli mahsulotlarni haddan tashqari ko‘p yoki yetarli bo‘lmagan hajmda ishlab chiqarish, yetarli bo‘lmagan darajada narxlash, yuqori xatarga ega bozorlarda ehtimoliy sheriklarni tanlashdagi xatolar, qimmat logistika va kreditlarni qoplash bo‘yicha yuqori sarf-xarajatlarni maksimal qisqartirish imkonini beradi.

Kuchli brend bu an'anaviy bozorlarni qaytarish va yangi istiqbolli bozorlarni egallash uchun to‘g‘ri yo‘ldir.

Top