14:05 / 31.07.2017
15435

Yetishtirilgan mahsulotlarni xorijga eksport qilish uchun...

SAVOL: Uzoq yillardan buyon fermerlik bilan shug‘ullanaman. Yer mening tanu jonimga aylangan. Televizor orqali mahsulotlar eksporti haqida ko‘p gapirishyapti. Ayting-chi, men yetishtirgan mahsulotlarimni xorijga qanday eksport qilsam bo‘ladi?

O.DONIYoROV,
Navoiy viloyati

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 iyundagi PQ–3077-son “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2017 yilning 1 iyulidan boshlab:
tadbirkorlik sub'yektlariga yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari haqini oldindan 100 foiz to‘lash sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida eksport qilishga ruxsat etiladi;
o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni xorijiy valyutaga ularning tannarxidan past narxlar bo‘yicha mustaqil ravishda yoki vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining tashqi savdo tashkilotlari orqali eksport qiluvchi tashkilotlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi PQ–1731-sonli qarori bilan tashkil etilgan Mahsulotlarni jahon bozorida haqiqiy vujudga kelgan, shu jumladan tannarxidan past narxlar bo‘yicha eksport qilish masalalarini ko‘rib chiquvchi Maxsus ekspert komissiyasi qarorlari asosida, soliq solish maqsadida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotishdan olingan tushumlar miqdori tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotishning haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qiluvchi tashkilotlar uchun amalda bo‘lgan imtiyozlar va preferensiyalar o‘zlari egasi bo‘lgan mahsulotlarni eksport qiluvchi tashkilotlarga tatbiq etiladi;
ilgari foydalanishda bo‘lgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni ular tayyorlangan vaqtdan boshlab 5 yil o‘tgandan keyin eksport qilish O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarisiz amalga oshiriladi;
keltirilayotgan va ishlab chiqarilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish muddatlari 3 ish kunigacha qisqartiriladi.

Savolga «O‘zdavurug‘nazorat» markazi yuriskonsulti Xudoyor MAShARIPOV 

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega. 

Top