18:21 / 31.07.2017
4154

Iroqning Kobuldagi elchixonasiga hujum uyushtirildi, terrorchilar yo‘q qilingan

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining ma'lum qilishicha, Kobuldagi Iroq elchixonasiga hujum uyushtirilgan. Bunda ishtirok etgan to‘rt shaxs yo‘q qilindi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, bir terrorchi o‘zi sodir etgan portlash sabab halok bo‘lgan bo‘lsa, yana uch nafari otishma chog‘ida o‘ldirilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, hujum qilganlarni yo‘q qilish bo‘yicha amaliyot taxminan to‘rt soat davom etdi.

Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, hujum natijasida bir kishi jarohat olgan. Afg‘oniston IIV matbuot kotibi Najib Donishning ma'lum qilishicha, elchixona binosining derazalari singan, bir necha xonaga zarar yetgan.

Avvalroq Afg‘onistonda “Tolibon” jangarilari harbiy bazaga hujum qilgani xabar berilgandi.

Top