12:54 / 31.07.2017
5725

Qirg‘izistonda prezidentlikka da'vogarlar soni 50 kishidan oshib ketdi

Qirg‘izistonda davlat rahbari uchun saylovlarda ishtirok etish niyati borligi haqida 51 kishi ma'lum qilgan. Bu haqda qirg‘iz OAV mamlakat MSKga asosan xabar bermoqda.

Ushbu davlatda prezidentlik saylovlari 15 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Oliy lavozimga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lganlar 1 avgustga qadar ariza yuborishlari mumkin. MSK prezidentlikka nomzodlarning yakuniy ro‘yxatini 10 sentabr kuni e'lon qiladi.

Qirg‘izistonning amaldagi prezidenti Almazbek Atamboyev lavozimini tark etmoqda, sababi mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra davlat rahbari faqatgina bir muddatga saylanadi.

Biroq konstitutsiyaviy islohot Qirg‘iziston bosh vaziri vakolatlarini oshirib, prezident funksiyalarini biroz kuchsizlantirdi.

 

Top