13:02 / 31.07.2017
7343

«MYu» Ore bilan kelishgan, ammo bu bezori futbolchi Angliyaga kirishiga to‘siq bor

«Manchester Yunayted» «Pari Sen-Jyermen» himoyachisi Serj Ore bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Paris United xabariga ko‘ra, 24 yoshli ivuarlik futbolchi ingliz klubi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Parij klubi Dani Alvesni qo‘lga kiritgach, Orega «MYu» bilan muzokara o‘tkazishi uchun ruxsat bergan.

Ammo transfer Ore ayni vaqtda Buyuk Britaniyaga kirish huquqiga ega emas. U o‘tgan yili fransiyalik politsiyachini urgani uchun shunday taqiqqa uchragan.

Ore shikoyat qilgan, 7 avgust kun ish bo‘yicha sud eshituvi bo‘ladi. Sudda uning Buyuk Britaniyaga kirishi bo‘yicha cheklov yechilishi mumkin.

Qayd etish kerakki, «Manchester Yunayted» «PSJ» bilan shartnomasi muddati 2019 yilgacha bo‘lgan futbolchiga avvaldan da'vogarlik qilib keladi.

Kot-d’Ivuar terma jamoasi a'zosi bo‘lgan bu futbolchi poytaxt klubida 2015 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Bungacha u «Lans» (2006-2009) va «Tuluza» (2012-2015) klublarida ishlagan. Yakunlangan mavsumda Ore Fransiya chempionatidagi 22 uchrashuvda qatnashgan va 4 gol urgan.

Top