19:37 / 31.07.2017
19018

Ronaldu sudda ko‘rsatma berdi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Posuelo-de-Alakron sudida qanday ko‘rsatma bergani ma'lum bo‘ldi.

Marca tarqatgan xabarga ko‘ra, Ronaldu 1,5 soat davomida prokurorlarning savollariga javob bergan va o‘zining aybsizligini bayon qilgan.

Futbolchi sudga o‘z obro‘sini himoya qilish uchun tashrif buyurganini alohida ta'kidlagan.

«Agar men Krishtianu Ronaldu bo‘lmaganimda, bu yerga kelmasdim», – deya futbolchining so‘zlarini keltirgan La Sexta nashri.

Ronaldu Ispaniya prokuraturasi tomonidan 2011-2014 yillar davomida 14,8 million yevro miqdoridagi soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangan edi.

Agar aybi isbotlansa, unga 2 yillik shartli qamoq yoki 14,8 mln yevro miqdoridagi jarima jazosi tayinlanishi mumkin.

Top