20:42 / 01.08.2017
11783

Avstraliyalik jurnalistlar tahririyatga kirib qolgan ilonni antiqa yo‘l bilan tutishdi

Avstraliyaning Darvin shahridagi Channel 9 telekanali tahririyatiga kutilmagan mehmon – bo‘g‘ma ilon kirib qoldi. U kompyuterlardan biri ortiga yashiringan bo‘lgan, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.

Jurnalistlar ilonni tutish jarayonini videoga olishgan. Xodimalardan biri uni kiyim osgich bilan tortib olishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan keyin u ilonni qo‘llari bilan ushlab, uni paketga solishga uringan. “Yo Tangri, u kichkina emas ekan”, deb aytgan kadr ortida kimdir.

Rolikni kanalning yangiliklar bo‘limi direktori Keyt Limo tvitterdagi sahifasida joylashtirgan va unga raqobatchilarga bildirilgan hazilomuz murojaat biriktirgan: “Hoy, NTNews – siz ilonlarni birinchi sahifaga joylagan bir paytda, biz ularni tahririyatimizda tutmoqdamiz!”.

NTNews ham bunga “Ilonlar bizning idoraga kelmaydi. Ularni timsohlar hurkitadi”, deb munosib javob qaytargan.

 

Mavzuga oid
Top