22:56 / 01.08.2017
5777

Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga chaqirdi

Foto:aa.com.tr

Islom hamkorligi tashkiloti (IHT) bosh kotibi Yusuf al-Usaymin tashkilotga a'zo davlatlar hukumat va nohukumat tashkilotlari, davlat va xususiy sektorini Al-Qudsda yashovchi falastikliklarga yordam berishga chaqirdi.  

U bu haqdagi gaplarni IHTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari ijroiya qo‘mitasining Al-Aqso masjidi atrofidagi voqealarni muhokama qilish uchun Turkiya talabi bilan chaqirtirilgan favqulodda yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“IHT Islom taraqqiyot banki bilan birgalikda Falastinda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda. Bundan tashqari, Islom birdamlik jamg‘armasi 27 mln dollarlik loyihalarni moliyalashtirmoqda”, deb aytdi al-Usaymin.

Al-Usayminning aytishicha, falastinliklarni Sharqiy Al-Qudsda tahqirlash ortida tashkilotga a'zo davlatlar gardaniga qo‘shimcha majburiyatlar tushmoqda. “Biz xalqaro hamjamiyat bilan Isroilning falastinliklarning huquqlarini buzishini to‘xtatishimiz va falastin xalqiga zarur yordam ko‘rsatishimiz lozim», deb ta'kidlab o‘tgan Al-Usaymin.

Mavzuga oid
Top