11:29 / 01.08.2017
24745

Novvoyning qing‘irligi davlatga 84 million zarar yetkazdi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan “Motrid” mahallasida yashovchi fuqaro Sobir Shirinovning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Tekshiruvda bu xonadonning hovlisida non mahsulotlari tayyorlanadigan 15 ta tandir gaz hisoblagichsiz ishlayotganligi ma'lum bo‘ldi, deb xabar beradi Kun.uz’ga MIB Samarqand viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.

Dastlabki curishtiruv vaqtida bu iste'molchi tomonidan 322 ming 98 kub metr tabiiy gaz ishlatilib, «Samarqandshahargaz» korxonasi manfaatlariga 84 mln. 840 ming so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi. Endilikda Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan yetkazilgan zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Top