23:24 / 01.08.2017
6445

Samarqandda tibbiyot xodimlarining mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Samarqandda sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar ta'minotidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida, davolash-profilaktika muassasalari hamda tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida yetishmayotgan umumiy amaliyot shifokorlari, asosiy tor soha mutaxassisliklari uchun viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmatining Kun.uzga ma'lum qilishicha, yil davomida ikkinchi bor o‘tkazilayotgan mehnat yarmarkasida 400 nafardan ziyod ishtirokchilar qatnashib, 121 ta mehnat shartnomalari tuzilgan.

Ikki yillik umumiy ko‘rsatkichlarga ko‘ra, viloyatning barcha davolash-profilaktika muassasalari, ilmiy tekshirish instituti va markazlarida hamda kadrlar tayyorlash o‘quv yurtlarida 2015 yilda 7.903 nafar vrach va 28.323 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari, 2016 yil yakuni  bo‘yicha 7.672 nafar vrach, 27.786 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Samarqand viloyatida barcha davolash-profilaktika muassasalarida «Kadrlar soati» tashkil qilinib, bo‘limlardagi kadrlarga oid muammolar (malaka, toifa, vakant, ehtiyoj, tayyorlash va qayta tayyorlash) oyida bir marta muhokamasi yo‘lga qo‘yilgan.

Viloyat davolash-profilaktika muassasalari va birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida, shahar oilaviy poliklinikalari, yangi tashkil qilinayotgan qishloq oilaviy poliklinikalarda aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun umumiy amaliyot shifokorlari 298 nafar va 437 nafar tor soha mutaxassislari yetishmasligi tahlil qilindi.

Sohani takomillashtirish avvalo kadrlar salohiyatiga bog‘liqligini inobatga olgan holda 2017 yil bitiruvchilarini jalb qilib, barcha viloyat davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari hamda tuman va shahar tibbiyot birlashmalari boshliqlari ishtirokida «Men xalqimning salomatligi uchun mas'ulman» mavzusida seminarlar tashkil qilindi.

Mavzuga oid
Top