17:58 / 02.08.2017
14461

Duterte: Kim Chen In tentakdir

Foto: AFP

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte KXDR yetakchisi Kim Chen Inni Shimoliy Koreyaning yadro dasturi tufayli tentak, deb atadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Kim Chen In – tentak, xavfli o‘yinchoqlar bilan o‘ynamoqda bu tentak», - dedi Duterte.

Uning ta'kidlashicha, agarda Kim Chen In xatoga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, Uzoq Sharq «hech narsa o‘smaydigan hududga» aylanishi mumkin.

Avvalroq Xitoy Koreya yarim orolidagi vaziyatga AQSh va KXDR mas'ul ekani haqida ma'lum qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top