08:34 / 02.08.2017
18792

Ispaniya professional futbol ligasi Neymarning “PSJ”ga transferini bloklab qo‘ydi

Foto: eurosport.com

“Barselona” hujumchisi Neymarning “PSJ”ga transferi Ispaniya professional futbol ligasining qat'iy pozitsiyasi sababli amalga oshmasligi mumkin. Bu haqda liga rahbari Xaver Tebas va “Barsa”dagi manbaga iqtibos keltirgan holda Sport.es xabar bermoqda.

Liga rahbariyati braziliyalikning shartnomasidagi bir bandni faollashtirish imkoniyatini bloklashga qaror qilgan. Bu band Neymar otasining klub bilan o‘zaro tortishuvi sababli unga boshqa klubga 222 mln yevroga o‘tish imkonini beradi. Neymar otasi 2016 yil yozda amalga oshirilgan, futbolchi shartnomasini 2021 yil yozigacha uzaytirish kelishuviga ko‘ra, “Barsa”dan 26 mln yevro gonorar olishi kerak edi. Biroq katalon klubida futbolchi shartnomaning oxirigacha klubda o‘ynamasa, uning otasiga berilishi kerak bo‘lgan butun summani to‘lashni istashmayapti. Agar futbolchi qolsa, unda barcha pullar uning otasi hisob raqamiga o‘tkaziladi, aksincha esa tomonlar sudlashishiga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, Tebas “PSJ” moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmay, Neymar uchun 222 mln yevro to‘lay olishini tushunmayapti. Ayni vaqtda futbolchi transferi muzlatib qo‘yilgan.

Top