15:18 / 02.08.2017
10365

O‘zbekiston delegatsiyasi IHT yig‘ilishida Al-Aqso masjidi atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston delegatsiyasi Islom hamkorlik tashkiloti ijroqo‘mining yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, 2017 yilning 1 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Istanbul shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti Ijroiya qo‘mitasining tashqi ishlar vazirlari darajasidagi ochiq favqulodda yig‘ilishi ishida ishtirok etgan.

Yig‘ilishda Al-Qudsdagi Al-Aqso masjidi atrofidagi vaziyat muhokama qilindi.

Top