09:57 / 02.08.2017
7881

O‘zbekistonga 6 oy ichida 1,12 mln.dan ortiq sayyoh keldi

2017 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 1,12 mln.dan ortiq sayyoh tashrif buyurdi. Bu haqda Davlat turizm qo‘mitasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga asosan xabar berdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, Butunjahon turistik tashkiloti hisob-kitoblari metodologiyasiga ko‘ra, O‘zbekistonga joriy yilning 6 oyi davomida 1 mln 125 ming sayyoh tashrif buyurgan. Bu 2016 yilning birinchi yarim yilligidagi ko‘rsatkichdan 18 foizga ko‘proq.

2017 yilning birinchi choragida turistik xizmatlar eksporti 694 mln dollarni tashkil qildi.

Top