19:12 / 02.08.2017
34294

Video: Messi Neymar bilan xayrlashdi. Boshqa isbotga hojat yo‘q

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Instagramdagi sahifasida Neymar bilan ta'sirchan xayrlashdi.

Braziliyalik futbolchi tez orada «PSJ» a'zosiga aylanishi kutilmoqda.

«Do‘stim, shuncha yillar davomida sen bilan birga to‘p surish yoqimli edi. Faoliyatingning yangi bosqichida senga omad tilayman»  - deb yozgan Messi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli hujumchi «Barselona» tarkibiga 2013 yilda qo‘shilgan edi. U jami 186 o‘yinda maydonga tushib, 105ta gol urgan va 80ta golga hammualliflik qilgan.

Top