15:30 / 03.08.2017
5818

Yashnobodda hamqishlog‘ini Janubiy Koreyaga ishga yuboraman, deb aldab pulini olgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 31 iyul kuni Yashnobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan hamqishlog‘ini Janubiy Koreyaga ishga yuborishini va'da qilib, 2.000 AQSh dollarini olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yashnobod tumani Aviasozlar 3-dahasi 39 uy oldida,  1978 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida yashovchi M.A., shu tumanda yashovchi Yu.J.ga Janubiy Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va'da qilib, 2.000 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan. 

Yashnobod tuman IIB tomonidan fuqaro M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan  jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Top