08:29 / 03.08.2017
4811

Britaniya qirolichasining turmush o‘rtog‘i rasman pensiyaga chiqdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filip o‘zining jamoatchilik vazifalarini bajarishni yakunladi va rasman pensiyaga chiqdi, deb xabar qilmoqda BBC. Bukingem saroyida shahzoda rafiqasiga hamrohlik qilib, vaqti-vaqti bilan omma oldida ko‘rinish berib turishi ma'lum qilindi.  

Filip o‘tgan 65 yil ichida 20 mingga yaqin rasmiy tadbirda ishtirok etib, ularda 5,5 ming nutq so‘zlagan, 785 ta tashkilotning homiysi (patroni) yoki a'zosi bo‘lgan. 

10 iyunda Filip 96 yoshini nishonladi. May oyidayoq u kuzgacha o‘z vazifalarini bajarishni yakunlashi haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi.

Top