Neymar «PSJ»da tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ulgurgan.
L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, tibbiy ko‘rik Portugaliyada, «Pari Sen-Jyermen» klubi shifokori nazorati ostida o‘tkazilgan. Ushbu futbolchi transferi haqida ertaga — 4 avgust kuni e'lon qilinishi kutilmoqda.
Braziliyalik futbolchi yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzadi, u haftasiga 575 ming yevro (soliqlar chiqarib tashlanganda) miqdorida maosh oladi.
Bundan avvalgi xabarlarda «PSJ» moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik uchun 222 million yevro badal pulini Qatar jamg‘armasi orqali to‘lashi mumkinligi haqida aytilgandi. Shuningdek, Neymar Qatarda o‘tadigan JCh-2022 elchisiga aylanishi evaziga oladigan daromad evaziga «Barselona»ga badal pulini to‘lash varianti ham mavjud.