20:19 / 03.08.2017
7778

OAV: Janubiy Koreya razvedkasi prezidentlik saylovlariga aralashgan

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

Janubiy Koreya milliy razvedka xizmatining ichki tergovi xizmatning mamlakatda 2012 yilgi prezidentlik saylovlari natijasiga ta'sir qilishga uringanini ko‘rsatdi. Bu haqda xizmatning amaldor shaxsiga iqtibos keltirgan holda “Ryonxap” axborot agentligi ma'lum qildi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, xizmatning psixologik urush olib borish bo‘yicha bo‘limi xodimlari saylovlargacha ijtimoiy tarmoqlarda va yangiliklar portallarida muxolifatdan prezidentlikka nomzod Mun Chje In tanqid qilingan xabarlar va izohlar chop eta boshlashgan va uning raqibi, o‘shanda yetakchi partiyani bildirgan Pak Kin Xeni qo‘llab-quvvatlashgan.

Tergov guruhidagi yana bir manba bu operatsiyani bajarish haqidagi ko‘rsatmani o‘sha vaqtda razvedka rahbari bo‘lgan  Von Se Xunning shaxsan o‘zi berganini ma'lum qilgan. 

Axborot agentligining ta'kidlashicha, Janubiy Koreyada yangi prezident Mun Chje In kelgandan keyin maxsus xizmatlarning ichki siyosatga aralashishiga qarshi kurashishga va ularni Shimoliy Koreya va tashqi siyosat bilan bog‘liq ma'lumotlarni qo‘lga kiritish va tahlil qilishga majbur qilishga va'da bergandi. Uning bundagi birinchi qadami xizmatning qonunga xilof harakatlarini tergov qilish bo‘yicha maxsus guruhni shakllantirish bo‘ldi. 

Mun Chje In maydagi muddatdan avvalgi saylovlar natijalariga ko‘ra Janubiy Koreya prezidenti bo‘ldi. U 2012 yilgi saylovlarda Pak Kin Xega saylovchilarning 3,5 foiz ovozini yutqazgandi. 

Top