09:25 / 03.08.2017
5533

Oq uyning razvedka bo‘yicha direktori o‘z lavozimini tark etdi

Foto: AP

Oq uyning razvedka bo‘yicha milliy xavfsizlik Kengashi direktori Ezra Koen-Vatnik o‘z lavozimini tark etdi, deyiladi Oq uy bayonotida.

"General Makmaster milliy xavfsizlik Kengashining Koen-Vatnik boshchiligida amalga oshirgan ishlarini qadrlaydi. Uning (Makmaster) fikricha, hozirgi paytda ishni davom ettirish uchun boshqa nomzod kerak", - deyiladi bayonotda.

Mart oyining o‘rtalarida AQSh prezidenti Donald Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmasterga Oq uyning razvedka bo‘yicha milliy xavfsizlik Kengashi direktori Ezra Koen-Vatnikni ishdan bo‘shatishga ruxsat bermagani xabar qilingandi.

Ma'lumki, Makmaster Maykl Flinning iste'fosidan so‘ng milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchiga aylandi hamda Trampdan o‘z jamoasini shakllantirish uchun to‘la erkinlikni ololmadi. Koen-Vatnik esa Flinnga yaqin shaxs hisoblanadi, u maxsus xizmatlarni tanqid qilishdan qo‘rqmagan. 

Top