14:00 / 03.08.2017
11585

«Real» Kaka, David Vilya va Jovinko kabi futbolchilardan iborat MLS termasini mag‘lub etdi

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Real» MLS yulduzlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Chikagodagi «Soljyer Fild» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda «qaymoqranglilar» jamoasi penaltilar seriyasida g‘olib chiqdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmadi. Bahsning 59-daqiqasida «Real» hujumchisi Borxa Mayoral hisobni ochgan bo‘lsa, bahsning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida Dominik Duayyer muvozanatni tikladi. Penaltilar seriyasida madridliklarning omadi keldi — 4:2.

MLS yulduzlari – Real – 1:1 (0:0), penaltilar bo‘yicha 2:4 .
Gollar: 0:1 – Mayoral, 59, 1:1 – Duayyer, 87.
MLS yulduzlari: Houard (Fray, 46), Van Damm (Grana, 46), Kappelxof (Parkxerst, 46), Garza (Bizli, 7; Xedjyes, 46), Kaka (Makkarti, 46), Bredli (Valeri, 46), Zusi (Akosta, 46), Shvaynshtayger (Almiron, 46), Vilya (Nikolich, 46), Altidor (Pyatti, 31; dos Santos, 62), Jovinko (Duayyer, 46).
«Real»: Navas (Yanes, 46; Zidan, 72), Serxio Ramos (Valexo, 46), Nacho (Texero, 72), Ernandes (Marselo, 61), Xakimi (Karvaxal, 61), Kroos (Sebalos, 46), Isko (Kovachich, 61), Lorente (Kazemiro, 61), Asensio (Benzema, 61), Vaskes (Oskar Rodriges, 72), Mayoral (Beyl, 61).

MLS safida penaltidan gol urganlar: Diyego Valeri, Migel Almiron. Gol ura olmaganlar: Dominik Duayyer, Jovani dos Santos.
«Real» safida penaltidan gol urganlar: Karim Benzema, Garet Beyl, Mateo Kovachich, Marselo.

Top