13:53 / 04.08.2017
8833

2 avgust kuni Toshkentda 7 ta YTH yuz berdi, 1 inson hayotdan ko‘z yumdi

2017 yilning 2 avgust kuni Toshkent shahri hududida 7 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 7 nafar shaxs tan jarohati olgan, 1 nafar shaxs vafot etgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 2 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 1721 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 420 tasini qo‘pol turdagi, 20 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 2 avgust kuni jami 463 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 267 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 196 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top