11:03 / 04.08.2017
9649

AQSh iqtisodiyotida o‘rtacha ish haqi ortib bormoqda

O‘tgan oyda AQSh aholisining jadal ish bilan ta'minlanishi saqlanib qolgan bir paytda, ishchilarning o‘rtacha maoshi ham ortgan. Bu FedRes Bankning kelgusi oy e'lon qilinishi kutilayotgan yangi obligatsiyalarning portfoliosini muvafaqqiyatli taqdim etishda qo‘l kelishi mumkin

Reuters'ning iqtisodchilar o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, juma kuni Mehnat vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilishi kutilayotgan ish bilan band bo‘lish to‘g‘risidagi hisoboti quyidagicha ko‘rinish kasb etadi: iyun oyida qishloq xo‘jaligiga aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda 183,000 kishi ish bilan ta'minlagan bo‘lib, o‘tgan oy bu ko‘rsatkich 222,000 ga yetgan bo‘lishi mumkin.

Umumiy ishchilarning bir soatlik ish haqi iyun oyida 0.2 foizga ortgan bo‘lsa, keyingi muddatda bu 0.3 foizlik ko‘rsatkichga yetgan. Ish haqining sekin ortib borishi va unga mos keladigan benuqson inflyatsiya sur'atlariga qaramay, AQSh Markaziy banki foiz ko‘rsatkichlarini oshirishni yilning so‘nggigacha ko‘rib chiqmaslikka qaror qilmoqda.

"Baribir ko‘plab malakali xodimlar to‘liq bandlik bilan ishlay olmayapti, mehnat bozoridagi talab va taklif ro‘yo bo‘lib qolishi mumkin", - deydi Nyu-Yorkdagi Standart Chartered Bank iqtisodchisi Mayk Moran.

Iyul oyi uchun mamlakatda 180,000 ish o‘rni yaratilishi prognoz qilingan edi, lekin AQSh iqtisodiyotini mo‘'tadil rivojlanish holatida saqlab qolish uchun har oy 75,000 yoki 100,000tadan yangi ish o‘rnini yaratish talab qilinadi.

Top