20:16 / 04.08.2017
5754

AQSh koalitsiyasi 3 yilda Suriya va Iroqda 624 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: Stars and Stripes

AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya IShID terrorchilik guruhiga qarshi amaliyotlari oqibatida 624 tinch aholi vakili o‘limiga sabab bo‘lgan. Ular 2014 yil avgustidan 2017 yil iyun oyiga qadar koalitsiya aviazarbalaridan Suriya va Iroqning shunchafuqarosi hayot bilan vidolashgan. 

«Bugungi kunda, mavjud ma'lumotlardan kelib chiqqan holda, birlashgan shtab yo‘q deb javob berish o‘rniga shuni taxmin qiladiki, kamida 624 fuqaro «Tebranmas qat'iyat» amaliyoti boshlanganidan boshlab berilgan aviazarbalar qurboni bo‘lgan», — deyiladi koalitsiya bayonotida. 

Qayd etilishicha, bu raqamlar 2017yil iyun oyida hisoblab chiqilgan. Ayni vaqtda koalitsiya tinch aholi vakillari o‘limiga doir yana 424 ta xabarni o‘rganmoqda. 

Top