13:46 / 04.08.2017
11092

Dunyodagi eng yirik baliq bozorida yong‘in yuz berdi

Yaponiya politsiyachi va o‘t o‘chiruvchilari dunyodagi eng yirik baliq bozori Tsukidzi vayronalarini tozalashni boshlashdi. Bozor hududida yong‘in yuz berdi, deb xabar qilmoqda NHK telekanali.

Yong‘in 3 avgust tungi soatlarda yuz bergan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, biroq bozorning 935 kvadrat metrlik hududi vayronaga aylandi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in tufayli yettita bino zarar ko‘rgan. Shu bilan birga, olovni to‘liq o‘chirish uchun taxminan 15 soat vaqt ketgan.

O‘t o‘chirish xizmatlari voqeaga nima sabab bo‘lganini hozircha aniqlay olishmadi, ayni damda bu borada surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Tokio gubernatori Yuriko Koikening ta'kidlashicha, bozorning yoshi va uning  kuchli zilzilalarga bardosh berish darajasining pastligi hududni qayta qurish kerakligidan dalolat beradi.

Tokioda 80 yil avval tashkil etilgan baliq bozorini har yili o‘n minglab kishilar kelib ko‘radi. U sayyohlar orasidagi eng mashhur joylardan biri sanaladi.

Mavzuga oid
Top