23:00 / 04.08.2017
10964

Dunyoda eng ko‘p sotiluvchi planshet ma'lum qilindi

Foto: AppleInsider.ru

IDC kompaniyasi mutaxassislari dunyoda eng ko‘p sotiluvchi planshet qaysi ekanligini aniqlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, bu borada yetakchi iPad hisoblanadi, uning jahon bozoridagi ulushi 30 foizni tashkil qilgan, deb xabar bermoqda Gizbot.

2-o‘rinni Samsung egallagan, uning ulushi 15,8 foizni tashkil qilmoqda. Yetakchi uchlikdan Xitoyning Huawei kompaniyasi 8 foizlik ko‘rsatkich bilan o‘rin olgan.

Planshetlarga umumiy talabning pasayishi vaqtida faqatgina Apple gadjyetlari savdosi oshgan. Tahlilchilarning fikrlaricha, kompaniyaning bunday muvaffaqiyati ikkita yangi mahsulot chiqargani hamda hamyonbop narx siyosati bilan bog‘liq.

Top