18:15 / 04.08.2017
11863

Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarda AQShning iqtisodiy manfaatlari bormi?

Foto: AFP

Rossiyaga nisbatan AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolangan va yangilangan iqtisodiy sanksiyalar ko‘ringanidan ham ko‘proq tashvishni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Germaniya Tashqi ishlar vaziri Zigar Gabriel bayonot bergan. Vazir juma kuni mamlakatning shimoliy shaharlaridan biri, Volfsburgda AQSh hukumati tomonidan e'lon qilingan sanksiyalar Yevropa va Rossiya munosabatlariga ham jiddiy zarar yetkazishini ta'kidlagan.

"Tashqi siyosiy manfaatlarni iqtisodiy foyda olish maqsadida aralashtirib yuborish mumkin emas. Agar Yevropa rus gazini sotib olmasa, Amerika taklif qilayotgan narxda resurslarni xarid qilishimizga to‘g‘ri keladi”, - deydi u.

Eslatib o‘tamiz, prezident Donald Tramp chorshanba kuni Rossiyaga nisbatan kuchaytirilgan yangi iqtisodiy sanksiyalarni joriy etish bo‘yicha qarorga imzo qo‘ygan. Lekin u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi mikroblogida bunday harakatda faqat Kongressni ayblash kerakligini, unga bosim bo‘layotgani haqida yozib o‘tgan.

Top