11:49 / 04.08.2017
10730

Stoltenberg: NATO va Rossiyaning munosabatlari «sovuq urush» davridan beri eng murakkab holatda 

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning CNN telekanali efirida ma'lum qilishicha, alyansning Rossiya bilan munosabatlari «sovuq urush» davridan beri eng murakkab holatda. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

«O‘ylashimcha, NATOning Rossiya bilan munosabatlari ayni damda «sovuq urush» tugaganidan beri eng murakkab holatda ekanini aytish to‘g‘ri bo‘lardi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb «sovuq urushdan» so‘ng «Rossiya bilan qalin hamkorlikni yo‘lga qo‘ya olishiga» umid qilgan.

Shu bilan birga, u Rossiyani Qrimning qo‘shilishi va «Ukraina sharqidagi vaziyatning beqarorlashishi» tufayli tanqid qildi.

Biroq Stoltenbergning aytishicha, Rossiya bilan muloqot qilish mumkin. Bunda vaziyatni yanada keskinlashtirmaslik va yangi «sovuq urush»dan qochish katta rol o‘ynaydi.

Top