08:05 / 05.08.2017
5647

Lallana jarohati bois bir necha oy maydonga tusha olmaydi

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Kloppning ma'lum qilishicha, jamoa yarimhimoyachisi Adam Lallana «Audi Kap» musobaqasi finali «Atletiko»ga qarshi uchrashuvda (1:1, 4:5 pen bo‘yicha) oyog‘ining son qismidan jarohat olib, bir qancha muddat safdan chiqdi.

«Afsuski, Adam bir-ikki kunga emas, bir necha oyga safdan chiqdi. Bu unchalik yaxshi xabar emas. O‘ylashimcha, u avgust va sentabr oylarida jamoaga yordam bera olmaydi.

Biz uning reabilitatsiya jarayonini muntazam kuzatib boramiz. Lallana har bir ishga professionallarcha yondashib kelgan, jarohat olganida ham o‘z vaqtida safga qaytgan», deya Kloppning so‘zlarini keltiradi «Liverpul» rasmiy sayti.

Mavzuga oid
Top