21:48 / 05.08.2017
11956

Oliy liga. «Dinamo» o‘z uyida yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston chempionatining 16-tur doirasidagi uchrashuvlardan birida Samarqandning «Dinamo»  klubi «Metallurg»ni qabul qilib, yirik xisobda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Birinchi bo‘limning 16-daqiqasida Temur Jo‘rayev Hikmat Hoshimov tomonidan amalga oshirilgan penaltini qaytargan bo‘lsa, 22-daqiqada Murod Toshmatov hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun har qancha intilishmasin, raqib jamoa qarshi hujumlarda ikki marta gol urib, yirik hisobda zafar quchdi. Yakuniy hisob 0:3, mehmonlar foydasiga.

Ushbu g‘alabadan keyin «Metallurg» hisobidagi ochkolar soni 23taga yetdi va jamoa 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bekobodliklar sovrinli o‘rinlardan uch ochkoga ortda bormoqda. «Dinamo» esa 19 ochko bilan 12 o‘rinda qoldi.

Oliy liga, 16-tur

«Dinamo» – «Metallurg» 0:3 (0:1)

Gollar: Murod Toshmatov (22), Zohid Abdullayev (64, 80). 
Noaniq penalti: Hikmat Hoshimov (16, Metallurg)

«Dinamo»: Temur Jo‘rayev, Mirkomil Lokayev, Jasur Azimov, Sardor Sulaymonov (Orif Mamajonov, 46), Radu Rogak, Shoxruh Xolmatov, Aleksey Nikolayev (Amirjon Safarov, 46), Saidjamol Davlatjonov, Adnan Oraxovats, Farhod Tojiyev (Abdumalik Abdullayev, 53), Muhammad Isayev.
«Metallurg»: Zafar Safoyev, Abror Husinov, Hikmat Hoshimov, Doniyor Odilov, Ayubxon No‘'monov, Javohir Esonqulov (Islom Isoqjonov, 15), Murodjon Toshmatov (Sanjar Qodirqulov, 75), Zohid Abdullayev (Muhammadjon Sultonov, 81), Mirg‘iyos Sulaymonov, Alisher Ziyovutdinov, Jahongir Abdumo‘minov.

Mavzuga oid
Top