23:12 / 05.08.2017
10288

Ruanda prezidenti yangi muddatga saylandi

Foto:AFP 2017 / Cyril Ndegeya

2000 yildan beri Ruanda prezidenti lavozimini egallab kelayotgan Pol Kagame mamlakat rahbari saylovlarida 98 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab, yana g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Pol Kagame 98,63 foizlik ovoz bilan g‘olib bo‘ldi", deb aytgan milliy saylov komissiyasi raisi Kalisa Mbanda.

Avvalroq 80 foiz ovoz hisob-kitob qilingandan keyin yetakchilik qilayotgan Kagame o‘zining qayta saylanishini shunchalik rasmiyatchilik deb atagandi. Avvalgi 2010 yilgi saylovlarda u 93 foiz ovoz to‘plagan holda g‘olib bo‘lgandi.

Kagamega saylovlar vaqtida mamlakatda ruxsat etilgan yagona muxolif partiya – "Demokratik yashil partiya" raisi Frank Xabineza va mustaqil nomzod Filippe Mpayimana raqobatchilik qilganlar. 

Mavzuga oid
Top