15:04 / 05.08.2017
9435

Toshkentda bir kunda 8 ta YTH yuz berdi, 10 kishi jarohat oldi

2017 yilning 3 avgust kuni Toshkent shahri hududida 8 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 10 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 3 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3407 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 889 tasini qo‘pol turdagi, 32 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 3 avgust kuni jami 804 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 461 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 343 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top