23:00 / 06.08.2017
5698

Yaman hukumati va husiylar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 50 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP Photo / Hani Mohammed

Oxirgi uch kun ichida Yamanning Saudiya Arabistoni bilan chegarasi yaqinida Yaman hukumat qo‘shinlari va isyonchi husiylar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi.

Xitoyning "Sinxua" axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, ikki tomondan ham qurbonlar bor: 31 husiy va 17 yamanlik askar halok bo‘lgan. 
 
Hukumat kuchlari 3 avgust kuni husiylarning Qizil Dengizdagi Midi porti yaqinidagi pozitsiyalariga hujum boshlashgan. Ularga Saudiya Arabistoni chegara artilleriyasi va u boshchilik qilayotgan koalitsiya aviatsiyasi ko‘mak ko‘rsatgan. Aviatsiya husiylar pozitsiyalariga kamida 20 ta zarba bergan.
 
Ta'kidlanishicha, Yaman armiyasi husiylarning hududdagi pozitsiyalarini egallab, srategik muhim Xudaydo portidan shimol tomondagi sohilbo‘yiga surilmoqchi.  

Mavzuga oid
Top