22:54 / 06.08.2017
12171

Xitoyda o‘zga sayyoraliklarni izlovchi ulkan teleskop qurildi

Xitoylik olimlar diametri 500 metr keladigan radioteleskop barpo etishdi.

Teleskop Guychjou tog‘ darasida o‘rnatildi. Hukumat observatoriya ishiga hech narsa halal bermasligi uchun 9 ming kishini boshqa yerga ko‘chirib o‘tkazgan. FAST tizimi qurilishiga 180 mln dollar sarflangan. Bu loyihani amalga oshirish uchun esa 5 yil ketgan.

Radioteleskopni o‘zga sayyoraliklarni izlash, ularning signallarini ushlash, qora materiya va boshqa galaktikalarni o‘rganish uchun qo‘llash mumkin bo‘ladi. Olimlar dastlab bu teleskopda pulsarlar, ekzosayyoralar, qora tuynuklar va o‘zga hayotlar alomatlarini qidirishmoqchi.

Top