18:40 / 06.08.2017
53664

O‘zbekistonlik harbiylar Rossiya zenit qismidan ustun keldi

Rossiyalik harbiylar "ArMI-2017" xalqaro armiya o‘yinlarida 13 ta bosqichdan so‘ng yetakchilik qilmoqda, deb xabar beradi tadbir Bosh hakami general-mayor Dmitriy Gorbatenko.

"O‘tgan sakkiz kun mobaynida tashkil etilgan tanlovlar natijasiga ko‘ra, Rossiya jamoasi 13 ta g‘oliblik bilan birinchi o‘rinda, undan keyingi o‘rinda 7 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan Xitoy va uchinchi o‘rinda qozog‘istonlik harbiylar peshqadamlik qilmoqda", - deydi u.

Gorbatenkoning aytishicha, yakshanba kuni "Xavfsiz marshrut" tanlovi o‘z yakuniga yetadi. "Biz Armiya o‘yinlarida eng murakkab tanlovlar bellashuvidan o‘tib, tadbir yakuniga yaqinlashib qoldik", - deb ta'kidlaydi Bosh hakam.

So‘nggi o‘tkazilgan bahslarda O‘zbekiston jamoasi rossiyalik zenitchilardan ustunroq keldi. Shunday qilib, Xitoy hududida o‘tkazilgan "Desant kuchlari" va "Musaffo osmon" tanlovlarida birinchi o‘rin Xitoyga nasib etdi.

4 avgust kuni e'lon qilingan tadbir umumiy reytingida o‘zbekistonlik harbiylar ikkita g‘oliblik o‘rni bilan yettinchi pog‘onada kelayotgan edi.

Top