17:17 / 07.08.2017
3466

60 foizdan ortiq britaniyaliklar Brexit bo‘yicha Mey hukumatini qo‘llab-quvvatlamayapti

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning har 10 fuqarosining 6 nafari Tereza Mey hukumatining Brexit shartlari bo‘yicha YeI bilan muzokaralaridagi sa'y-harakatlarini ma'qullamaydi. Bu haqda xabar qilgan Reuters agentligiga ko‘ra, 2-3 avgust kunlari ORB International ijtimoiy xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar natijasi shundan dalolat qilmoqda. 

Unga ko‘ra, so‘ralganlarning 61 foizi rasmiy Londonning Bryussel bilan muzokaralariga salbiy yondashuvni izhor qilgan. Bu Mey hukumatidan norozi bo‘lgan britaniyaliklar soni o‘sib borayotganini ko‘rsatadi. Chunki, iyul oyidagi so‘rovda bu raqam 56 foizni, iyunda 46 foizni tashkil etgan edi. 

Top