14:46 / 07.08.2017
5116

Andijonda 1 kiloga yaqin marixuanani sotayotgan og‘ufurush ushlandi

2017 yil 4 avgust kuni Andijon viloyati IIB Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori-2017» va «Nazorat tartibda giyohvandlik moddasini xarid kilish» tadbirlari davomida 1 kgga yaqin giyohvand moddasini noqonuniy sotayotgan kishi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi. 

Xabarlarga ko‘ra, Andijon tumani Xortum qishloq fuqarolar yig‘ini Islomobod mahallasida yashovchi O.D. Kamolot mahallasida xolis xaridor P.A.ga 200 ming so‘m evaziga 1 dona qora selafan paketga o‘ralgan, og‘irligi 854.96 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida ushlanib, daliliy ashyo sifatida olingan. 

Tergovga qadar tekshiruv ishlari viloyat IIB Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash xodimlari tomonidan olib bormoqda.

Top