16:20 / 07.08.2017
9843

«Barselona» Neymar transferi amalga oshishida «PSJ»ga yordam ko‘rsatgan

«PSJ» prezidenti Nosir al-Xelayfiy Neymarning transferini amalga oshirishda «Barselona» yordam bergani haqida gapirdi. La Liga bu transferni to‘xtatib qolmoqchi bo‘lgandi, ammo bu transfer amalga oshirildi.

«La Liga Neymar transferini taqiqlab qo‘ymoqchi edi. Shunda «Barselona» rahbariyati vakili menga qo‘ng‘iroq qilib, muammoni birgalikda hal qilishimiz mumkinligini bildirdi. Men biz bunga tayyor ekanimizni aytdim. Bu dunyoning eng yaxshi klublaridan biridir.

Men Neymar transferi haqida 3 yil oldindan buyon o‘ylardim. Muzokaralarni qanday o‘tkazishimizni rejalashtirish uchun bir yil sarfladik. Ikki hafta oldin esa biz bu ishga kirishdik.

Bu juda murakkab transfer bo‘ldi. Biz tunlarni uyqusiz o‘tkazdik. Bu ishdagi harakatlar uchun jamoaga minnatdorchilik bildiraman. Bizda maqsad bor edi va biz bu maqsadga erishdik», — deya Al-Xelayfiyning so‘zlarini keltirgan Goal nashri.

Top