12:50 / 07.08.2017
15974

Bir tonna olma uchun 30 millionga kafil bo‘lish mumkin (mi?)

Boshqalarga ochiq yuz bilan qarash ham mehrning bir ko‘rinishi. Biror kishiga yordam bera olmagan taqdirimizda ham xushmuomala bo‘lsak, shu ham mehr. Agar yordam berib yuborsak, nur ustiga a'lo nurdir.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi topshirig‘iga asosan, Qashqadaryo viloyati bo‘ylab yosh fermer va tadbirkorlar muammolarini o‘rganish maqsadida ochiq muloqotlar o‘tkazilgan edi.

Mirishkor tumanida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ko‘plab muammolar o‘rtaga tashlandi va ularni shu joyni o‘zida bartaraf etish choralari ko‘rildi.Ochiq muloqotga Kasbi tumanidan kelgan yosh bog‘bon Alisher Poydoyevning tashvishi ham ancha muammoli edi. Uning muammosini yosh fermer qiz Malika Umirova shu joyni o‘zida yechilishiga ko‘maklashdi. Ya'ni, Alisherning bankdan kredit olishi uchun kafillikka o‘tishini aytdi.

— Men 2016 yilda 2 gektar yerda bog‘ yaratish uchun 30 million so‘mlik ko‘chat olib o‘tqazgan edim, — deydi Alisher. — Barchaga ma'lumki, mevali daraxtlar hosilga kirishi uchun 2-3 yil kerak bo‘ladi. Bankdan kredit olish uchun ko‘chmas mulk yoki kafil yo‘qligi sabab muammoga duch kelayotgan edim. Malika opaning yordami bilan tashvishimdan qutuldim. 2018 yilda bog‘im hosilga kiradi. Birinchi hosilimdan 1 tonna olmani Malika opaning uylariga olib boraman.

Tariximizda o‘zining oqilaligi ila nom qoldirgan, sohibqiron Amur Temur bobomizning ayoli, maslahatgo‘yi, temuriylarning yetuk tarbiyachisi Bibixonimni eslang... Temuriyzodalarga o‘z tarbiyasini berib, ularning katta onasi bo‘lib tarixda nom qoldirgan bu ayol sadoqati va mehri ham eng katta ibratdir.

P.S.: Mana shunday Temuriyzoda ayollarga xos mardlik va mehr-oqibat uchun «Abdullayev Dilbek» fermer xo‘jaligi rahbari Malika Umirovaga minnatdorchilik izhor etamiz.

Ahror SODIQOV,

O‘zbekiston YoI Qashqadaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati rahbari.

Top