18:01 / 07.08.2017
6521

Bojxona plombalari qo‘yish tartibga solindi

Davlat bojxona qo‘mitasining qarori (2017 yil 27 iyul) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida avto va temir yo‘l transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk bo‘limlariga maxsus bojxona plombalari qo‘yish qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda. 

Hujjatning qabul qilingan versiyasida “maxsus bojxona plombasi” —Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan shakl, o‘lcham va ko‘rinishdagi, belgilangan seriya va tartib raqamli, tovar va transport vositalarini identifikatsiyalashda bir marta foydalaniladigan bojxona identifikatsiyalash vositasiga ta'rif berilgan.

Shuningdek, aniqlashtirilishicha, BKning 224-moddasiga muvofiq, avariya yoki yengib bo‘lmas kuch ta'siri yoxud tovarlarni tayin qilingan joyga tashishga to‘sqinlik qiladigan boshqa vaziyatlar oqibatida tashuvchi:

•  tovarning, transport vositasining butligini saqlash va ulardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi;
•  eng yaqin bojxona organiga tegishli vaziyatlar, tovarning va transport vositasining turgan joyi to‘g‘risida darhol xabar berishi;
•  tovarlarni eng yaqin bojxona organiga yoki bojxona organi ko‘rsatgan boshqa joyga olib borishi yoxud, agar uning transport vositasi buzilgan bo‘lsa, olib borilishini ta'minlashi shart.

Bojxona organi bojxona nazoratini ta'minlash uchun qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni sodir bo‘lgan hodisaning xususiyatiga, tovar sifatining yo‘qotilish darajasi va tovar tashilishini amalga oshirayotgan transport vositasining texnik holatiga bog‘liq ravishda belgilaydi. Loyihada bunday holatlarda tegishli tartibda plombaga ziyon yetkazilganligi to‘g‘risida dalolatnoma  tuzilishi, tovarlar to‘liq bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi va tovarlarni adresat-bojxona maskanigacha yetkazish chora-tadbirlari ko‘rilishi ko‘rsatilgan edi.

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 1.11.2017 yilda kuchga kiradi.

 

Top