08:10 / 07.08.2017
4017

Yevrokomissar: Buyuk Britaniya YeI tarkibidan chiqqanidan keyin ham tashkilotga pul to‘laydi

YeIning byudjyet va inson resurslari bo‘yicha yevrokomissari Gyunter Ettingerning bayonot berishicha, Buyuk Britaniya “Breksit”dan keyin ham ma'lum bir to‘lovlarni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. U bu haqda Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida so‘z yuritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap qirollikning referendumgacha imzolagan uzoq muddatli dasturlar haqida bormoqda. 

«Britaniyaliklar 2019 yili tashkilotdan chiqqanidan keyin ham hamjamiyatga uzoq muddatli dasturlar bo‘yicha pul to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Ular bo‘yicha “Breksit”gacha kelishib olingan edi», — deya siyosatchi so‘zlarini Donaukurier.

Yevrokomissarning so‘zlariga ko‘ra, London kamida 2020 yilgacha Bryusselga pul o‘tkazib turadi.

Avvalroq, Buyuk Britaniya YeI tarkibidan chiqish uchun tashkilotga 40 mlrd yevro to‘lashga rozi ekani haqida xabar qilingan edi.

Top