13:09 / 07.08.2017
4927

Yilning o‘tgan olti oyida barcha transport vositalarida 718,4 mln tonna yuk tashildi

Foto: Kun.uz

2017 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondagi barcha transport vositalari yordamida 718,4 mln tonna yuk tashilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,9 foizga ko‘pdir. Bu haqdaO‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasiga asoslangan holda Uzdaily.uz yozmoqda.

Shu bilan birga yuk aylanmasi 41,9 mlrd tonna/kmni tashkil etib, o‘tgan yilning birinchi yarim yiliga nisbatan 2,9 foizga o‘sgan. 

Jumladan avtomobil transporti o‘tgan yilning hisobot davriga nisbatan 4,1 foizga ko‘proq, ya'ni 652,0 mln tonna yuk tashigan. Avtomobil transportidagi yuk aylanmasi 3,8 foizga oshib, kilometriga 14,8 mlrd tonnani tashkil etgan. 

Xususiy tadbirkorlar avtomobil transporti bilan yuk tashish darajasi 2016 yil birinchi yarim yilligi ko‘rsatkichidan 4,5 foizga o‘sib, 11,1 mlrd tonna/kmni tashkil etgan. 

Ularning avtomobil transporti jami yuk aylanmasidagi ulushi 75,3 foizdan iborat bo‘lgan. 

Havo transporti orqali 13,2 ming tonna yuk jo‘natilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,6 foizlik, yuk aylanmasi 28,1 foizlik o‘sishni tashkil etib, 74,2 mln tonna/kmdan iborat bo‘lgan.

Magistral quvurlarlardagi yuk aylanmasi 4,3 foizga o‘sib, 15,4 mlrd tonna/kmni tashkil etgan.

Top