18:03 / 07.08.2017
5006

Mobil qurilmalardagi o‘yinlar qanday qilib o‘ziga jalb qilmoqda?

Mobil qurilmadagi «Samolar jangi: Qahramonlar fazosi» (Star Wars: Galaxy of Heros) o‘yini gadjyet foydalanuvchisiga uni o‘yinga qaytishga chorlab bir necha bora xabarlar yuboradi. Bu taktika ish bermoqda. O‘yinchi mobil ilovani o‘rnatgan birinchi olti oy davomida kuniga o‘rtacha 162 daqiqani aynan shu o‘yinda o‘tkazmoqda. Electronic Arts Inc. EA'ning ma'lumotiga ko‘ra, odatda insonlar uyali aloqa vositasidagi o‘yin bilan 45 daqiqa mashg‘ul bo‘ladi.

Elektron bozordagi ko‘plab ilovalar bepul bo‘lganligi uchun ishlab chiqaruvchilar mahsulotining doimiy rivojlanib borishiga ham e'tibor qaratadi. Foydalanuvchilarni chaqiriq-xabarlar, eslatma, bonus mukofotlari bilan rag‘batlantirgan holda, yana o‘yinga qaytishga undaydi. Benchmark Co. texnologik masalalar bo‘yicha tahlilchisining aytishicha, qanchalik o‘yinga moyillik yuqori bo‘lsa, o‘yinchi shunchalik karmonidagi pullarni ayamay sarflaydi.

Mutaxassislarning fikricha, o‘yinchilar yangi ilovani yuklab olganidan 16 soat o‘tib birinchi 2 dollarini sarf etishi mumkin.

Top